"Shanxay SIPG"da g‘alaba, Odil Ahmedovda gol

"Shanxay SIPG"da g‘alaba, Odil Ahmedovda gol
Xitoy Superligasining 26-turi doirasidagi \"Beyjing Goan\" va \"Shanxay SIPG\" klublari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

Bahsdagi dastlabki gol ikkinchi bo‘limda urildi. 49-daqiqada Shenglong Li golidan so‘ng Shanxay klubi hisobni ochdi. 66-daqiqada hamyurtimiz Odil Ahmedov raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqib, hisobni 2:0ga yetkazdi. Bahs shu hisobda yakuniga yetdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.