Ramzan Qodirov Artur Beterbiyev haqida nimalar dedi?

Ramzan Qodirov Artur Beterbiyev haqida nimalar dedi?
Checheniston rahbari Ramzan Kadirov ukrainalik Aleksandr Gvozdik bilan 79,38 kg vazn toifasidagi jangda IBF va WBC kamarlarini birlashtira olgan rossiyalik Artur Beterbiyev borasida iliq fikrlar bildirdi.

“Artur Beterbiyev WBC va IBF yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni. Filadelfiyada u ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdikni nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi. O‘ninchi raundda hakam uchinchi nokdaundan keyin jangni to‘xtatdi. Artur ajoyib natijaga erishdi 15 jang, 15 g‘alaba, 15 nokaut “, - deb yozdi Kadirov o‘z telegram-kanalida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.