«Barselona» Luis Suaresni tekinga qo‘yib yuborishi mumkin

«Barselona» Luis Suaresni tekinga qo‘yib yuborishi mumkin
Foto: Twitter
Urugvaylik hujumchi Luis Suares faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin, deb yozadi Daryo.

Suaresning xizmatlariga «Inter Mayami» klubi qiziqish bildirmoqda. «Barselona»dagilar esa yanvarda 33 yoshga to‘ladigan Suaresga o‘rinbosar izlashni allaqachon boshlab yuborgan. Biroq Luisning jamoadan ketishiga faqat bir narsa to‘siq bo‘lishi mumkin. Boisi Suares jamoa yetakchisi Leo Messining eng yaqin do‘sti.

Luisning amaldagi shartnomasi 2021 yil yoziga qadar tuzilgan. Kataloniyaliklar uni shartnoma yakuniga qadar tekinga qo‘yib yuborish istagida emas. Biroq agar Suares ketishni xohlab qoladigan bo‘lsa, «Barselona» uni ma’lum bir shartlar asosida tekinga qo‘yib yuborishi mumkin.

Suares «Barselona»da eng katta maosh oladigan futbolchilardan biri hisoblanadi.
U joriy mavsum La Liga doirasida to‘qqizta o‘yinda oltita gol urishga erishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.