YChLda o‘ynayotgan 19 yoshli forvard mavsumda beshinchi bor xet-trik qayd etdi

YChLda o‘ynayotgan 19 yoshli forvard mavsumda beshinchi bor xet-trik qayd etdi
\"Zalsburg\" forvardi Erling Xolland Avstriya chempionati doirasida \"Volfsberger\" (3:0) klubiga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.
19 yoshli futbolchi uchun bu mavsumdagi beshinchi xet-trik bo‘ldi. Bulardan 3 tasini Avstriya chempionatida, bittasini Avstriya kubogida va yana bittasini YeChLda amalga oshirdi.

Joriy mavsum Xolland barcha turnirlarda 18 ta bellashuv o‘tkazib, 26 ta gol urdi va yana 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.