Mahalliylashtirilgan sportchi o‘zbek sporti tarixida ilk bor beshkurashda Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritdi

Mahalliylashtirilgan sportchi o‘zbek sporti tarixida ilk bor beshkurashda Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritdi
Alise Faxrutdinova
Xitoyning Uxan shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo-Okeaniya mintaqasi uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu turnirda sportimiz tarixida ilk bor zamonaviy beshkurashchi Alise Faxrutdinova yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Mazkur musobaqada terma jamoa mamlakatlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi va bu delegatsiyamiz uchun Olimpiya o‘yinlariga bitta litsenziya taqdim qildi.
Mahalliylashtirilgan sportchi o‘zbek sporti tarixida ilk bor beshkurashda Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritdi
Musobaqada kuchli beshlik quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
1. Janubiy Koreya
2. Yaponiya
3. O‘zbekiston
4. Xitoy
5. Qozog‘iston
Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan o‘n ikkinchi litsenziya bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: joriy yilning avgust oyi oxirlarida rossiyalik beshkurashchilar Aleksandr Savkin va Alise Faxrutdinova xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston nomidan qatnasha boshlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.