Eldor Shomurodov: "Saudiya Arabistonini mag‘lub etishimiz shart!"

Eldor Shomurodov: "Saudiya Arabistonini mag‘lub etishimiz shart!"
\"Rostov\" hujumchisi Eldor Shomurodov bugundan O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga kelib qo‘shildi. Mashg‘ulot oldidan esa iqtidorli hujumchi saytimiz uchun kichik intervyu berdi.

\"Tayyorgarlik yaxshi olib borilmoqda. Barcha bo‘lajak uchrashuvning ahamiyatini yaxshi tushunib turibdi. G‘alaba qozonib, muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz.
Saudiya Arabistoni so‘nggi mundialda ishtirok etdi va qit’amizning eng kuchli termalaridan biri sanaladi. Ammo muxlislarimiz qarshisida g‘alaba qozonishimiz shart.
\"Rostov\" safida gol ura olmayapman? Bunday o‘yinlar ham bo‘lib turadi. Hamma sizdan gol kutadi. O‘ylashimcha xali hammasi oldinda\"
, - dedi Shomurodov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.