Ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqada Milliy gvardiya chavandozlari 2ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqada Milliy gvardiya chavandozlari 2ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Joriy yilning 14-17 noyabr kunlari Ispaniyaning Valensiya shahrida ot sportining “konkur” yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi xalqaro musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli bellashuvning dastlabki kunida Osiyo va Yevropaning yetakchi chavandozlari o‘rtasida kechgan bahslar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi chavandozlari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqada Milliy gvardiya chavandozlari 2ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Bir nechta yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tayotgan musobaqaning balandligi 1 metr 40 santimetr bo‘lgan to‘siqlardan o‘tish bellashuvlarida mahoratli yosh chavandoz S.Turg‘unboyev, 1 metr 20 santimetr balandlikdagi to‘siqlarda kechgan bahslarida esa tajribali chavandoz A.Tolibboyevlar eng yaxshi natijani qayd etib, xalqaro musobaqaning oltin medallariga sazovor bo‘ldilar.
Ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqada Milliy gvardiya chavandozlari 2ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Sportchilarimizning mazkur yutug‘i natijasida Ispaniyaning Valensiya shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ikki marotaba jaranglab, davlatimiz bayrog‘i yuksaklarga ko‘tarildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.