Xabib va Konorning revansh jangi ham bo‘ladi

Xabib va Konorning revansh jangi ham bo‘ladi
UFC prezidenti Dana Uayt Konor MakGregor va Xabib Nurmagomedov o‘rtasidagi revansh jangini tashkil qilish sharti haqida gapirdi.

\"Konor “Kovboy”ni mag‘lub qilishi kerak - buni uddasidan chiqish juda qiyin bo‘ladi. Ayniqsa yarim o‘rta vaznda. U yerda Cerrone vaznini ko‘tarishi shart emas. Xabib esa Toni Fergyusonni yengishi kerak.
Agar ikkalasi ham g‘alaba qozonsa, unda biz revanshni tashkil qilishimiz mumkin deb o‘ylayman
”, - dedi Uayt.

Eslatib o‘tamiz: MakGregorning navbatdagi jangi 18 yanvar kuni Las-Vegasda UFC 246 turnirida Donald Serronega qarshi bo‘lib o‘tadi.
Nurmagomedov esa 18 aprel kuni Nyu-Yorkda Toni Fergyuson bilan jang qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.