"Nasaf"da Rossiya va Afrikadan futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda

"Nasaf"da Rossiya va Afrikadan futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda
\"Nasaf\" 18 kunlik ta’tildan so‘ng yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Tarkibda legionerlar ham bor.

17 dekabr kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tib qaytgan “ajdarlar” 18 dekabrdan boshlab, 2020 yilgi mavsum taraddudini ko‘rishmoqda. Yig‘in 28 dekabrga qadar davom etadi. Bu yig‘inda \"Nasaf\"ning 10 nafar asosiy futbolchisi ishtirok eta olmaydi. Sababi Abduvohid Ne’matov, Mashhurjon Muhammadjonov, Dilshod Saitov, Husniddin Aliqulov, Sherzod Nasrullayev, Islom Kenjaboyev, Sharof Muhitdinov, Azizjon G‘aniyev, Oybek Bozorov va Bobir Abdixoliqov Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Dubayga uchib ketishgan.
"Nasaf"da Rossiya va Afrikadan futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda
"Nasaf"da Rossiya va Afrikadan futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda
Jamoa tarkibida Rossiya, Armaniston, Burkina Faso va Kot-dʼIvuarlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishmoqda. Legionerlar to‘g‘risida keyinchalik batafsil ma’lumot beramiz.

Manba: \"Nasaf\" klubining rasmiy sayti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.