Karlo Anchelotti - «Everton» bosh murabbiyi

Karlo Anchelotti - «Everton» bosh murabbiyi
Karlo Anchelotti «Everton» klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ingliz klubi 60 yoshli italiyalik murabbiy bilan 2023/24 yilgi mavsumgacha shartnoma imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, ketma-ket mag‘lubiyatlar sabab «Everton» 5 dekabr kuni Marku Silvani iste’foga chiqargan, uning o‘rniga Dankan Fergyuson bosh murabbiy vazifasini bajarayotgandi.

Ma’lumot uchun, «Everton» Fergyuson qo‘l ostidagi ikki o‘yinda «Chelsi»ni mag‘lub (3:1) etgan bo‘lsa, «MYU» bilan safarda durang (1:1) natijasini qayd etdi. APL 17-turidan keyin 18 ochko bilan 16-o‘rindan joy olib turgan liverpulliklar, bugun, 21 dekabr kuni «Arsenal»ga qarshi maydonga tushishadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.