Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoy klubiga o‘tdi

Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoy klubiga o‘tdi
Foto: TransferMarkt China
Toshkentning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoyning «Shenyang Urban» klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda Xitoyning «TransferMarkt China» saytining tvitterdagi sahifasi xabar bermoqda.

Manbada yozilishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoyning «Shenyang Urban» klubi tarixidagi ilk xorijlik futbolchiga aylandi.
Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoy klubiga o‘tdi
«Shenyang Urban» jamoasi yakunlangan mavsumda Xitoy 2-ligasi g‘olibi sifatida, Xitoy 1-ligasiga yo‘llanma oldi va bu mavsumda Xitoy Superligasiga yo‘llanma olish uchun kurash olib boradi.
Islom To‘xtaxo‘jayev Xitoy klubiga o‘tdi
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli himoyachi Islom To‘xtaxo‘jayev «Lokomotiv» safida 2012 yildan 2019 yilga qadar to‘p surib, 8 yil davomida O‘zbekiston chempionatida 192 o‘yinda 19ta golga mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Xitoyda o‘zbekistonliklardan Odil Ahmedov «Shanxay SIPG» klubi sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa, Samvel Babayan Xitoy 1-ligasida «Chanchun Yatay» klubini boshqarmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.