Murod Xolmuhammedov «Bunyodkor»ga o‘tdi

Murod Xolmuhammedov «Bunyodkor»ga o‘tdi
So‘nggi yillarni «Qo‘qon-1912» jamoasida o‘tkazib, mahalliy muxlislar qalbidan joy olgan Xolmuhammedov jamoasini o‘zgartirdi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali futbolchi «Bunyodkor»ga ko‘chib o‘tdi. Xabaringiz bor, «qaldirg‘ochlar» OCHLda ishtirokini pley-off bosqichidan boshlaydi. Shu bois bosh murabbiy Vadim Abramov himoyadagi muammolarni bartaraf etish maqsadida, Xolmuhammedovni qo‘qonliklardan 2 oy muddatga ijaraga berishni so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Xolmuhammedov 2017-2019 yillarda \"Qo‘qon-1912\" safida Superligada jami 80ta o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol urdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.