"Lokomotiv"ning Abu Dabidagi yig‘iniga yana bir legioner qo‘shildi (foto)

BAA poytaxti Abu Dabida yangi mavsumning dastlabki xorij yig‘inini o‘tkazayotgan \"Lokomotiv\" yig‘inning ikkinchi kunida ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazdi.
Ertalabki mashg‘ulot to‘liq maydonda kechgan bo‘lsa, kechki payt futbolchilar dastlab trenajyor zalida shug‘ullanishdi, so‘ngra yana maydonga chiqildi. Bugun jamoa tarkibiga yana bir yangi futbolchi kelib qo‘shildi. Rossiyalik taniqli hujumchi Pavel Pogrebnyakning kenja ukasi Kirill Pogrebnyak \"temiryo‘lchilar\" bilan shartnoma imzolab, jamoamiz mashg‘ulotida ishtirok etdi.
"Lokomotiv"ning Abu Dabidagi yig‘iniga yana bir legioner qo‘shildi (foto)
Ma’lumot uchun, Kirill Pogrebnyak ham akasi Pavel kabi hujum chizig‘ida to‘p tepadi. \"Loko\" mashg‘ulotlarida asosiy e’tibor hozircha jismoniy yuklamalar, shuningdek to‘p bilan ishlashga qaratilmoqda. Ma’lumki, qishki yig‘inda futbolchilarning jismoniy holatini bir maromga keltirish muhim hisoblanadi.
"Lokomotiv"ning Abu Dabidagi yig‘iniga yana bir legioner qo‘shildi (foto)
Mashg‘ulotlarda barcha ter to‘kib mehnat qilmoqda. O‘z navbatida murabbiylar ham jamoani yangi mavsumga jiddiy tayyorlash uchun mashg‘ulotning turli usullarini futbolchilarga o‘rgatishyapti.
"Lokomotiv"ning Abu Dabidagi yig‘iniga yana bir legioner qo‘shildi (foto)
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsum \"Loko\" uchun 21 yanvardan boshlanadi. Shu kuni \"temiryo‘lchilar\" o‘z uylarida Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida Tojikistonning \"Istiqlol\" klubini qabul qilishadi.
"Lokomotiv"ning Abu Dabidagi yig‘iniga yana bir legioner qo‘shildi (foto)
"Lokomotiv"ning Abu Dabidagi yig‘iniga yana bir legioner qo‘shildi (foto)
"Lokomotiv"ning Abu Dabidagi yig‘iniga yana bir legioner qo‘shildi (foto)
"Lokomotiv"ning Abu Dabidagi yig‘iniga yana bir legioner qo‘shildi (foto)
"Lokomotiv"ning Abu Dabidagi yig‘iniga yana bir legioner qo‘shildi (foto)
"Lokomotiv"ning Abu Dabidagi yig‘iniga yana bir legioner qo‘shildi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.