U-23 OCH. Bahrayn so‘nggi daqiqalarda Iroq ustidan qozonayotgan g‘alabasini boy berdi

U-23 OCH. Bahrayn so‘nggi daqiqalarda Iroq ustidan qozonayotgan g‘alabasini boy berdi
Ilk turda musobaqa mezboni Tailandga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan Bahrayn birinchi turda Avstraliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan Iroqa bilan to‘qnash keldi.

Uchashuvda Bahrayn so‘nggi daqiqalarga qadar 2:1 hisobida oldinda edi. Ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada iroqlik Muhammad Nassif gol urib jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi - 2:2.

Ushbu bahsdan so‘ng Iroq hisobidagi ochkolar 2taga yetdi, ushbu musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan Bahrayn esa U-23 Osiyo chempoinatlaridagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi.

BAHRAYN - IROQ 2:2
Gollar:
Hoshim Sayid Isa 44, Muhammad Marhun 86 - Amir Al Ammari 65, Muhammad Nassif 90+2.

Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadigan Avstraliya - Tailand uchrashuvida agar musobaqa mezboni g‘olib bo‘lsa muddatdan avval chorak finalga yo‘l olishadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.