Xavi borasidagi qaror bugun hal bo‘ladi

Xavi borasidagi qaror bugun hal bo‘ladi
\"Al Sadd\" bosh murabbiyi Xavi bugun \"Barselona\" boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi yoki olmasligi borasida qaror qabul qilishi kerak.

Kataloniyaliklar bosh direktori Oskar Grau va sport direktori Erik Abidal bugun Xavi bilan so‘nggi uchrashuvni o‘tkazishadi. Ular Xavini yanvardayoq \"Barselona\"ga qaytarishni istashmoqda. Biroq Xavi yozda \"Barselona\"ga qaytishni rejalashtirmoqda.

Valverdening \"Barselona\"da qolishi esa Xavining qaroriga bog‘liq. Agarda u bugun \"Barselona\"ga qaytishni istasa, dushanba kuni Valverdening iste’fosi e’lon qilinadi.

Biroq \"Al Sadd\" ham Xavini ushbu mavsum yakuniga qadar qo‘yib yuborishni istamayapti. Shu boisdan Xavi yozdagina klubga qaytishi mumkin.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.