«Rostov» klubi futbolchi va murabbiylariga intervyu berish taqiqlandi

«Rostov» klubi futbolchi va murabbiylariga intervyu berish taqiqlandi
Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in olib borayotgan «Rostov» futbol klubi futbolchilariga va murabbiylariga intervyu berish taqiqlandi. Bu haqda «Chempionat» nashri jurnalisti Oleg Lisenko ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «Rostov» prezidenti Artashes Arutyanas klub a’zolari intervyu berishini xohlamagan va yig‘inlar vaqtida bunga taqiq qo‘ygan.
Hozircha bu taqiqning qachongacha davom etishi noaniq.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoa safida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham harakat qiladi. U ayni damda 10 ta gol bilan klubning Rossiya chempionatidagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.