Osiyo kubogi-2015. Avstraliya yarim finalga chiqdi


Osiyo kubogi-2015 mezboni Avstraliya terma jamoasi ham yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular chorak finalda Xitoy terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi.
Biz bilan bir guruhda o‘ynagan xitoyliklar raqib bosimiga bir bo‘lim davomida dosh bera olishdi. Ikkinchi bo‘limda Tim Keyxill tomonidan kiritilgan bir-biridan chiroyli ikkita gollar \"sokkeruz\"ga g‘alabani taqdim etdi. Keyxill dastlab chalqancha uslubda zarba bilan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, ikkinchi golda bosh bilan yaxshi o‘ynadi.
Avstraliya yarim finalda Yaponiya-BAA o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.
Osiyo kubogi-2015. Chorak final
XITOY - AVSTRALIYa - 0:2
Gollar: Tim Keyxil (47, 65)
Manba: www.stadion.uz.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













