Arveladze Derdiyok hakida nima deganini bilasizmi?

Arveladze Derdiyok hakida nima deganini bilasizmi?
BAAda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Paxtakor» klubi yaqinda shveysariyalik tajribali hujumchi Eren Derdiyokni qo‘lga kiritgan holda tarkibini yanada kuchaytirishga erishganidan xabaringiz bor.

Tabiiyki, uning «Paxtakor»ga o‘tishida klub bosh murabbiyi Shota Arveladze bosh-qosh bo‘lgani aniq. Nihoyat, u maqsadiga erishib, sobiq shogirdini qo‘lga kirita oldi. Murabbiy esa o‘zining instagramdagi sahifasida Derdiyok haqida shunday yozdi:

- Biz Eren Derdiyokni qo‘lga kiritganimizdan juda baxtlimiz va xursandmiz. U juda yaxshi o‘yinchi. Maydonda qoyilmaqom o‘ynay oladi. Eren jamoamiz uchun nihoyatda muhim futbolchiga aylana oladi. Fikrim shundayki, Derdiyokning «Paxtakor»ga o‘tgani Superliga uchun ham juda foydali bo‘ladi. Ko‘rasiz, uning kelishi «Paxtakor»ga ham, chempionatga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.