La Liga. "Real" Madrid derbisida "Atletiko"dan ustun keldi

La Liga. "Real" Madrid derbisida "Atletiko"dan ustun keldi
Ispaniya La Ligasi 22-turidan o‘rin olgan \"Real\" hamda \"Atletiko\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
\"Santyago Bernabeu\" stadionida kechgan Madrid derbisida mezbonlar minimal hisobda zafar quchishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 56-daqiqada Karim Benzema tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, \"qirollik klubi\" hisobidagi ochkolar soni 49 taga yetdi va turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi. 36 ochkosi bor \"matraschilar\" esa jadvalning 5-pog‘onasidan joy olishgan.

Real Madrid – Atletiko 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 56 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Ramos, Varan, Karvaxal, Kazemiro, Modrich, Isko (Vaskes, 46), Kroos (Vinisius Junior, 46), Valverde, Benzema.
Atletiko – Oblak, Lodi, Felipe, Vrsalko, Savich, Saul, Lorente, Vitolo (Ferreyra Karrasko, 71), Tomas (Kamelo, 74), Korrea, Morata (Lemar, 50).
Ogohlantirishlar: Felipe (66), Vrsalko (80), Mendi (83), Kazemiro (88).
La Liga. "Real" Madrid derbisida "Atletiko"dan ustun keldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.