Azizjon G‘aniyev legionerga aylandi

Azizjon G‘aniyev legionerga aylandi
Qarshining \"Nasaf\" klubi yarim himoyachisi Azizjon G‘aniyev faoliyatini BAA klubida davom ettiradi.
Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, G‘aniyev Dubay shahrining \"Shabab Al Ahli\" klubiga ko‘chib o‘tdi. \"Nasaf\" ushbu transfer orqali taxminan 5 milliard so‘m ishlab olgani aytilmoqda.

\"Shabab Al Ahli\" klubi OCHL-2020da \"Paxtakor\" bilan bir guruhdan joy olgan. 10 fevral kuni ushbu jamoa Toshkentda mehmon bo‘ladi. OCHL guruh bosqichiga futbolchilarni dastlabki o‘yin bo‘lishiga 7 kun qolganida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

\"Shabab Al Ahli\"ni ayni paytda argentinalik Rodolfo Arrubarena bosh murabbiy bo‘lib ishlmoqda. Klub 14ta turdan so‘ng BAA chempionatida 35 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Klub bugun, 2 fevral kuni safarda \"Al Fujayra\"ga qarshi o‘ynaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.