Klopp Gvardiolaning tarixiy rekordini yo‘qqa chiqardi

Klopp Gvardiolaning tarixiy rekordini yo‘qqa chiqardi
\"Liverpul\" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya premer-ligasining rekordchisiga aylandi.
Germaniyalik mutaxassis so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra yanvar oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu esa uning uchun joriy mavsumdagi beshinchisi bo‘ldi.

Shu tariqa Klopp 2017/18 yilgi mavsumda “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘rnatgan rekordni yangiladi. Aytish kerakki, ispaniyalik mutaxassis shu mavsum 4 bor oyning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” yanvar oyida o‘tkazilgan 5 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.