Kelasi yildan Markaziy Osiyo sport o‘yinlari qayta tiklanadi

Kelasi yildan Markaziy Osiyo sport o‘yinlari qayta tiklanadi
Kecha, 14 fevral kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Markaziy Osiyo mintaqasidagi 7 mamlakat — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkaniston, Afg‘oniston hamda Eron milliy olimpiya qo‘mitalari bosh kotiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2021 yildan boshlab qator sport turlari bo‘yicha Markaziy Osiyo o‘yinlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Kelasi yildan Markaziy Osiyo sport o‘yinlari qayta tiklanadi
Atameken business nashrining yozishicha, tashabbus Qozog‘iston MOQ prezidenti Temur Kulibayev tomonidan ilgari surilgan.
Hozirda Markaziy Osiyo o‘yinlariga qaysi sport turlarini kiritish masalasi muhokama qilinmoqda. Yig‘ilishda olimpiya dasturiga kiritilgan sport turlaridan tashqari olimpiya dasturiga kiritilmagan mahalliy sport turlarini kiritish taklifi ilgari surildi.

Eslatib o‘tamiz 1994 yilda Markaziy Osiyoning beshta mamlakati MOQ rahbarlari yig‘ilishida Markaziy Osiyo o‘yinlari tashkil qilingan edi. Birinchi musobaqa 1995 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan. 2005 yilga qadar umumiy hisobda 6 marta musobaqalar tashkillashtirilgan. Musobaqalar Toshkent (1995, 2005), Olmaota (1997), Bishkek (1999) hamda Dushanbe (2003) shaharlarida bo‘lib o‘tgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.