22 fevral kuni Toshkentda professional boks kechasi tashkil etiladi

22 fevral kuni Toshkentda professional boks kechasi tashkil etiladi
22 fevral kuni Toshkent shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur boks kechasi o‘z an’analariga ega bo‘lgan \"Oqtepa\" klubi zalida bo‘lib o‘tadi. Unda bir qator reyting janglari o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek yosh va tajribali bo‘lgan bir nechta charmqo‘lqop ustalari o‘zlarining navbatdagi jangida ringga ko‘tariladi. Markaziy jang esa eng yosh professional bokschilarimizdan biri Ravshanbek Maxammatjonov ishtirokida bo‘ladi. Uning raqibi va qolgan juftliklar haqida tez orada ma’lumot beramiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.