Polvonlarimiz Hindistonda 10 ta medalni qo‘lga kiritdi

Polvonlarimiz Hindistonda 10 ta medalni qo‘lga kiritdi
Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida polvonlarimiz ikkitadan oltin va kumush hamda oltita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Chempionatning yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda Elmurat Tasmuradov oltin, Jasurbek Ortiqboyev va Mahmud Baxshulloyev kumush, Islomjon Bahromov, Jalgasbay Berdimuratov hamda Muhammadali Shamsiddinov bronza medali bilan taqdirlandi.

Erkin kurash bellashuvlarida Ilyas Bekbulatov 70 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Isa Shapiyev o‘z vaznida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ayollar kurashida gilamga chiqqan Dauletbike Yaxshimuratova hamda Aktenge Keunimjayeva shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.