Koronavirus tufayli futbol bo‘yicha Yevro-2020 musobaqasi qoldirilishi mumkin

Koronavirus tufayli futbol bo‘yicha Yevro-2020 musobaqasi qoldirilishi mumkin
Yevropada koronavirus tarqalishi jadallashadigan bo‘lsa, UYEFA o‘z tasarrufidagi barcha musobaqalarni qoldirishi mumkin.
Shunday musobaqalar sirasiga futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan Yevro-2020 musobaqasi ham kiradi. Ayni vaqtda Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 200 kishidan oshib ketdi. Kasallikni yuqtirganlardan 7 nafari vafot etgan.

«Biz voqealar jarayonini kuzatib bormoqdamiz. Futbol bunday vaqtda vaziyatga moslashishi lozim. Biz musobaqalarni bekor qilmaslikka harakat qilamiz. Ammo vaziyat jiddiylashadigan bo‘lsa, tanlash imkoni qolmaydi», — deydi UYEFA vitse-prezidenti Mishel Uva.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Yevropa chempionati qit’aning 12 mamlakatida o‘tkazilishi lozim edi. Musobaqaning ochilish bahsi esa Rimda o‘tishi rejalashtirilgan.

Biroz vaqt muqaddam A seriya doirasidagi «Yuventus» — «Inter» o‘yini qoldirilgani xabar qilingan edi. E’tiborli tomoni, «Yuventus» rahbariyati qoldirilgan o‘yin chiptalari pulini muxlislarga qaytarmaslikka qaror qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.