Mariya Sharapova 32 yoshida nafaqaga chiqdi

Mariya Sharapova 32 yoshida nafaqaga chiqdi
Faoliyati davomida 5 ta oliy unvonga ega bo‘lgan rossiyalik tennischi Mariya Sharapova nafaqaga chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ommaga ma’lum qildi.

Vanity Fair jurnali uchun yozgan maqolasi bilan sportchi tennisni tark etayotganini e’lon qilgan: \"O‘zingiz istagan, bilgan hayotingizni qanday qilib orqaga surib qo‘yishingiz mumkin? Men 28 yil davomida olib borgan tennis o‘yini, maydonlarini, son-sanoqsiz ko‘z yoshlar, ta’riflab bo‘lmaydigan hayajonlar va bu sportga kichkinaligimdanoq qadam qo‘yganim hali hamon yodimda. Tennis sen bilan xayrlashaman\" - deydi Mariya Sharapova.
Mariya Sharapova 32 yoshida nafaqaga chiqdi
Sobiq yakka tartibdagi birinchi raqamli Sharapova 2004 yilda Uimbldon, 2006 yilda US Open, 2008 yilda Australian Open, 2012 va 2014-yillarda France Open musobaqalarida chempion bo‘lgan.
Mariya Sharapova 32 yoshida nafaqaga chiqdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Adiba
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.