Filip Rayevas "Qo‘qon-1912" tarkibiga qo‘shiladi

Coca Cola Superligasining 1-turini o‘z maydonida \"Buxoro\" jamoasiga qarshi o‘tkazib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan \"shunqorlar\" tarkibni yana bir tajribali hujumchi bilan to‘ldirishga yaqin.
Bir paytlar o‘zining chiroyli o‘yinlari va gollari bilan muxlislarni xursand qilgan serbiyalik hujumchi Filip Rayevas yana Qo‘qonga qaytadigan bo‘ldi. Rayevas 4 mart kuni jamoa tarkibiga yetib kelishi va shartnoma imzolashi kutilmoqda. Rayevas 2017 yilgi futbol mavsumini ham \"Qo‘qon-1912\" jamoasida o‘tkazgan edi. Superligada transfer oynasi 7 martga qadar davom etadi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish kerak, Filipp o‘tgan mavsumning birinchi qismini \"Lokomotiv\"da o‘tkazgan va Superligada 9 o‘yinda bitta ham gol ura olmagandi. Keyinchalik u Serbiyaning \"Indjiya\" klubida faoliyatini davom ettirdi.
Manba: \"Qo‘qon-1912\" matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bir paytlar o‘zining chiroyli o‘yinlari va gollari bilan muxlislarni xursand qilgan serbiyalik hujumchi Filip Rayevas yana Qo‘qonga qaytadigan bo‘ldi. Rayevas 4 mart kuni jamoa tarkibiga yetib kelishi va shartnoma imzolashi kutilmoqda. Rayevas 2017 yilgi futbol mavsumini ham \"Qo‘qon-1912\" jamoasida o‘tkazgan edi. Superligada transfer oynasi 7 martga qadar davom etadi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish kerak, Filipp o‘tgan mavsumning birinchi qismini \"Lokomotiv\"da o‘tkazgan va Superligada 9 o‘yinda bitta ham gol ura olmagandi. Keyinchalik u Serbiyaning \"Indjiya\" klubida faoliyatini davom ettirdi.
Manba: \"Qo‘qon-1912\" matbuot xizmati
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













