Ulug‘bek Baqoyev: "Yengil shokdaman“

Ulug‘bek Baqoyev: "Yengil shokdaman“
Superligasi ikkinchi turidan o‘rin olgan “Sug‘diyona” va AGMK jamoalari o‘rtasidagi bahs murosasiz ruhda o‘tdi.
Keskin kurashlarga boy tarzda yakunlangan bahsdan so‘ng jizzaxliklar murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

To‘g‘risini aytsam, yengil shokdaman. Birinchi turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng g‘alaba uchun harakat qilgandik. Qiyin o‘yin o‘tkazdik. Gol urdik, hammasi yaxshi bo‘ldi. Ammo, oxirgi daqiqalardagi xato qimmatga tushdi. Yigitlarni olqishlamoqchiman, kurash va ishtiyoq uchun. Ishlashda davom etamiz.

Sahob Rashidovni asosiy tarkibda sinab ko‘rish vaqti keldimi? Albatta, yoshlar bilan shug‘ullanamiz, ishlaymiz. Faqat, Sahob emas, boshqa futbolchilarga ham e’tibor beramiz. U gol urayotgani quvonarli. Keyingi o‘yinlarda imkoniyat beramiz.

Dastlabki turdagi mag‘lubiyatdan keyin ruhiy tomonlama muammo bo‘lyapti. Maqsadimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi
”,- dedi Baqoyev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.