Ronaldu 4ta o‘yindan 12 o‘yingacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin

Ronaldu 4ta o‘yindan 12 o‘yingacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin
Ronaldu 4ta o‘yindan 12 o‘yingacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin

\"Kordoba\" bilan o‘yinda raqib futbolchisining yuziga urgani uchun maydondan chetlatilgan Krishtianu Ronaldu 4 o‘yindan 12ta o‘yingacha diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Bu haqda sport.es saytiga asoslanib sovsport.ru xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinning 82-daqiqasida hakam Ronalduga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. Jarima zarbasi o‘yinga kiritilganidan so‘ng Ronalduning oyog‘idan borgan to‘pni darvozabon egallab oldi. Krishtianu esa yonida turgan himoyachining yuziga urdi. Shundan so‘ng u boshqa himoyachining yuziga turtdi.

\"Real\" ushbu o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va 48 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Ronaldu esa 28 ochko bilan La liga to‘purarlari orasida karvonboshi bo‘lib turibdi.

Manba: www.stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.