"Nasaf"ning OChLdagi raqibi o‘z tarkibini braziliyalik futbolchi bilan kuchaytirdi

"Nasaf"ning OChLdagi raqibi o‘z tarkibini braziliyalik futbolchi bilan kuchaytirdi
"Nasaf"ning OChLdagi raqibi o‘z tarkibini braziliyalik futbolchi bilan kuchaytirdi

Osiyo Chempionlar Ligasi ishtirokichsi hisoblangan BAAning \"Al Ahli\" klubi Braziliyaning \"Kruzeyro\" klubi hujumkor yarim himoyachisi Everton Ribeyroni o‘z safiga qo‘shib oldi.

\"Al Ahli\" braziliyalik futbolchining 60% transfer huquqi uchun \"Kruzeyro\"ga 9 mln evro to‘laydi. Ribeyroning o‘zi esa klubda yiliga 4 mln evro amosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, \"Al Ahli\" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi-2015 guruh bosqichida Qarshining \"Nasaf\" klubi bilan bir guruhda ishtirok etadi. \"Al Ahli\" tarkibida Ribeyrodan tashqari, Karlos Munos (Chili), Grafite (Braziliya), Ugo Viana (Portugaliya), Luis Ximenes (Chili), Milan Radoi (Rumыniya) kabi legionerlar ishtirok etadi.

Ta’kidlash lozim, Everton Ribeyro \"Al Ahli\"ga o‘tish oldidan Italiyaning \"Milan\" klubi taklifini rad etgan.

Manba: stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.