5 ta klub premer-ligada mavsumni yakunlash va natijalarni bekor qilishni taklif qildi

5 ta klub premer-ligada mavsumni yakunlash va natijalarni bekor qilishni taklif qildi
Kecha Rossiya premer-ligasining barcha 16 ta klubi rahbarlari ishtirokida onlay-konferensiya o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ayrim jamoalar joriy 2019/20 yilgi mavsumni muddatidan avval yakunlash va hozirgi natijalarni bekor qilish taklifi bilin chiqishdi. Bu taklifni \"Sochi\", \"Rubin\", \"Axmat\", \"Ural\" va \"Krilya Sovetov\" klublari qo‘llab-quvvatlashdi.

Ammo, RPL vakillari ushbu taklifni rad etishdi. Ular chempionat yakunlanishiga bor yo‘g‘i 8 ta tur qolganini va mamlakatdagi epidemiologik vaziyat barqarorlashishi bilan ushbu uchrashuvlar o‘tkazilishini ma’lum qilishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.