Maskerano: "Barselona" darvozasiga penalti bo‘lmagandi, men qoidani buzmadim"


\"Barselona\" himoyachisi Xaver Maskerano Ispaniya kubogida \"Atletiko\"ga qarshi uchrashuv hakami adashganligi va kataloniyaliklar darvozasiga penalti noto‘g‘ri belgilanganini bildirdi.
\"Birinchidan, bu jarima maydoni tashqarisida edi. Ikkinchidan, men qoidani buzmagan edim. Ammo men xotirjamman, bu futbol, raqib bilan to‘qnashuvlar bo‘lib turadi.
Ularning birinchi daqiqadagi goliga kelsak, bu bizning xatolarimiz emas, ko‘proq Fernando Torresning xizmati bo‘ldi\", - deydi Maskerano.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda \"Barselona\" 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Manba: stadion.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













