O‘runovning kelajagi porloq!

O‘runovning kelajagi porloq!
Rossiya premer-ligasi vakili “Ufa” bosh murabbiyi Vadim Yevseyev jamoadagi futbolchilarning aksariyati bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. U kimlarnidir maqtadi, ayrimlarga e’tiroz bildirdi.

Vadim Yevseyev o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovga ham o‘z munosabatini bildirdi.
- O‘runov “Ufa”ga yaqinda o‘tdi. Lekin katta salohiyatga ega ekanini namoyish qilmoqda. Uning kelajagi porloq. Hammasini joyida hal qilyapti, - dedi bosh murabbiy.

Bugungi kunda Rossiya premer-ligasidagi o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Oston O‘runovning o‘yini ko‘plab muxlisu mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.