"Inter" "Barselona" himoyachisi bilan shartnoma imzolashga tayyor!

"Inter" "Barselona" himoyachisi bilan shartnoma imzolashga tayyor!
\"Inter\" ushbu mavsum yakunlanganidan keyin \"Barselona\" himoyachisi Samuel Umtitini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

O‘z navbatida Milan klubi futbolchi APLda o‘ynash istagidan voz kechib, \"Inter\" uchun jon kuydirishi kerakligini istamoqda.

\"Barselona\" esa Umtitiga bo‘layotgan qiziqishdan foydalanib, \"Inter\"dan Lautaro Martinesni sotib olish imkoniyatlarini chamalamoqda. Forvardning tovon puli 111 mln yevroga teng.

Oldinroq kataloniyaliklar Umtitini 50 mln yevro evaziga sotib yuborishi mumkinligi borasida ma’lumotlar tarqagandi.
Umtiti esa faoliyatini APLda davom ettirishni istamoqda.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.