Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov jamoasi o‘z uyida autsayderga yutqazib qo‘ydi

Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov jamoasi o‘z uyida autsayderga yutqazib qo‘ydi
Foto: «Energetik-BGU»
Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 13-turida «Energetik-BGU» 14 iyun, yakshanba kuni «Belshina»ni qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi o‘rta tempda o‘tdi va maydon egalari kichik ustunlikka ega bo‘ldi. Biroq ikkinchi bo‘lim debyutida mehmonlar tezkor gol urishga erishdi: Leonid Kovelning aniq zarbasidan so‘ng kiritilgan to‘pdan so‘ng qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan «talabalar» 22 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketdi. So‘nggi o‘rinda borayotgan «Belshina» esa mavsumdagi ilk g‘alabasini qayd etdi

Belarus Oliy Ligasi
13-tur bahsi
14 iyun, yakshanba

«Energetik-BGU» — «Belshina» 0:1
Gol:
0:1 – 47 Kovel.
«Energetik-BGU»: Lesko, Svirepa, Miroshnikov (Sovpel, 46), Yudchis, Mavatu, Yaxshiboyev, Umarov (Atemeng, 46), Girs (Musaxanyan, 60), Nosko, Tve, Shkurdyuk.
«Belshina»: Xaritonovich, Grek, Solanovich, Nechayev, Yasyukevich, Rekish (Nivaldo, 68), Glebko (Kuchinskiy, 89), Bashilov, Malyarov (Bejonov, 84), Salimov, Kovel.
Ogohlantirishlar: Shkurdyuk (18), Solanovich (50), Rekish (57), Yaxshiboyev (57), Tve (77), Bashilov (87).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.