Chempionlik poygasi davom etadi. "Real" "Valensiya"ni tor-mor keltirdi

Chempionlik poygasi davom etadi. "Real" "Valensiya"ni tor-mor keltirdi
Foto: Twitter/LaLiga
Ispaniya chempionati 29-turidan o‘rin olgan markaziy bellashuv \"Real\" va \"Valensiya\" jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda mezbonlar Valensiyadan tashrif buyurgan mehmonlarni ayab o‘tirishmadi. Benzemaning dubli va uzoq muddatli jarohatdan qaytgan Asensioning maydonga tushiboq kiritgan to‘pi evaziga \"qirollik klubi\" 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa «Real» ochkolarini 62taga yetkazib, «Barselona»ni (64 ochko) quvishda davom etmoqda. «Valensiya» esa 43 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.

La Liga, 29-tur
Real – Valensiya 3:0
Gollar:
Benzema (61, 86), Asensio (74).
Real: Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Mendi, Kazemiro, Kroos, Modrich, Valverde (Asensio, 74), Azar (Vinisius, 82), Benzema.
Valensiya: Sillessen, Gayya, Mangalya, Gilyamon, Vass, Soler (Cherishev, 69), Kondogbia, Parexo (Koklen, 69), Ferran Torres (Gedesh, 59), Rodrigo (Li Kan In, 76), Maksi Gomes (Gameyro, 60).
Ogohlantirishlar: Gayya (24), Gilyamon (84).
Chetlatish: Li Kan In (89).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.