La Liga. «Real» g‘alaba qozonib, peshqadamlikni saqlab qoldi

La Liga. «Real» g‘alaba qozonib, peshqadamlikni saqlab qoldi
Ispaniya La Ligasining 31-turida “Real” Madrid o‘z maydonida “Malorka”ni qabul qildi.
Chempionlik uchun kurashayotgan Zidan shogirdlari bu safar ham g‘alaba qozonishdi. Aniqrog‘i, Vinisius Junior (19\') hamda Serxio Ramos (56\') tomonidan kiritilgan gollar Madrid klubiga 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani ta’minladi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Real” peshqadamlikni o‘z qo‘lgi oldi va “Barselona”dan yuqoriga chiqib oldi.

Real Madrid – Malorka 2:0
Gollar:
Vinisius Junior (19), Ramos (56).
Real Madrid: Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Vinisius Junior (Braim Dias, 83), Modrich (Asensio, 71), Beyl (Isko, 71), Valverde, Azar (Kroos, 62), Benzema (Mariano Dias, 83).
Malorka: Reyna, Valent (Games, 61), Railo, Sedlar, Baba (Romero, 83), Kubo, Febas (Sevilya, 61), Dani Rodriges, Poso, Lago Djunior (Salibur, 70), Budimir (Ernandes, 61).
Ogohlantirishlar: Budimir (8), Ramos (35), Modrich (46), Mendi (80), Kroos (87).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.