Ravshan Ermatov U19 O‘zbekiston terma jamoasining tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Ravshan Ermatov U19 O‘zbekiston terma jamoasining tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi
Xabaringiz bor, joriy yilning oktabr oyida mamlakatimiz U19 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Mazkur musobaqada Timur Kapadze boschiligidagi U19 O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Hozirda ushbu terma jamoamiz vakillari yuzaga kelgan qisqa tanaffusdan so‘ng ikkinchi tayyorgarlik yig‘inini o‘tkazmoqda. TTYMI stadionida bo‘lib o‘tgan bugungi mashg‘ulot jarayonini O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham kuzatib bordi.
Ravshan Ermatov U19 O‘zbekiston terma jamoasining tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi
Ravshan Ermatov futbolchilarning jismoniy holati, kayfiyati va mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, O‘FA birinchi vitse-prezidenti o‘zining jahon futbolidagi tajriba va ko‘nikmalarini yosh futbolchilar bilan o‘rtoqlashdi.

Ularga bo‘lajak Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok yetib, Jahon chempionati yo‘llanmasi hamda chempionlikni qo‘lga kiritishda omad tiladi.
Ravshan Ermatov U19 O‘zbekiston terma jamoasining tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi
Eslatib o‘tamiz, U19 O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichi doirasida Eron, Indoneziya va Kambodja vakillariga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.