“Real” Zidan bilan hamkorlikni to‘xtatdi

“Real” Zidan bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Madrid klubi rahbariyati bosh murabbiy Zinedin Zidanning darvozabon o‘g‘li Luka bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi.

“Real” xo‘jayinlari darvozabon bilan shartnomani uzaytirmaydigan bo‘ldi. Luka Zidan mavsumni ijara asosida Segundada “Rasing” tarkibida o‘tkazdi. U 33 ta o‘yinda darvozani qo‘riqlagan bo‘lsa-da, o‘zini yetarli darajada ko‘rsata olmadi.

Ayni paytda Luka Zidanda o‘z yurtiga qaytib ketish varianti bor xolos. Unga “Monpele” qiziqish bildirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.