Bahodir Jalolovning sobiq raqibi navbatdagi g‘alabasiga erishdi

Bahodir Jalolovning sobiq raqibi navbatdagi g‘alabasiga erishdi
Professinal boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan britaniyalik Jo Joys ( 11-0, 10 KO) o‘zining navbatdagi jangida germaniyalik Maykl Uallishga qarshi ringga ko‘tarildi va uni mag‘lubiyatga uchratdi. Joys raqibini jang mobaynida 3 marotaba nokdaun holatiga tushirdi va 3-raundda texnik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.

24 yoshli Uallish ( 20-4, 13 KO) Joys bilan jangidan avval ham Kristian Xammer, Efe Ajagba, Toni Yokalarga qarshi janglarda nokautga uchragan edi.
Eslatib o‘tamiz: Jo Joys Rio Olimpiadasi chorak finalida hamyurtimiz Bahodir Jalolov ustidan g‘alabaga erishgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.