Terma jamoa yig‘inini tark etgan 6 futbolchi kimlar?

Terma jamoa yig‘inini tark etgan 6 futbolchi kimlar?
Birinchi kungi mashg‘ulotdan olingan rasm
Bugun O‘FA matbuot xizmati 6 nafar futbolchidan koronavirus infeksiyasi aniqlangani bois terma jamoa yig‘inini tark etgan deb xabar berdi.

Bugungi mashg‘ulotlardan olingan rasmlarga e’tibor qilsak quyidagi futbolchilar yo‘qligini bilish mumkin: Botirali Ergashev (\"Qo‘qon-1912\"), Iskandar Shoyqulov (\"So‘g‘diyona\"), Quvondiq Ro‘ziyev (\"Qo‘qon-1912\"), Oybek Rustamov (\"Qo‘qon-1912\"), Islom Kenjaboyev (\"Nasaf\") va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (\"Bunyodkor\").

Bundan tashqari terma jamoaga chaqirilgan \"Qo‘qon-1912\" a’zosi Murod Xolmuhammedov yig‘inga umuman kelmagani ma’lum bo‘ldi. Bu borada rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.