Kuman "el-klasiko" oldidan nimalar dedi?

Kuman "el-klasiko" oldidan nimalar dedi?
\"Barselona\" bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga 7-turi doirasidagi \"Real\"ga qarshi uchrashuv oldidan shaxsiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
\"O‘ylaymanki, ikkala jamoada ham katta bosim mavjud. Ehtimol, \"Real Madrid\" so‘nggi 2 o‘yinda o‘z darajasida o‘ynamagandir, ammo bu ularning \"El Klasiko\"ga tushkun kayfiyatda kelishlarini anglatmaydi.

\"Real\" – bosim bilan qanday kurashishi kerakligini biladigan tajribali futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Ular g‘alaba qozonish kerakligini tushunishadi.

\"Real\" zaif o‘yin ko‘rsatishini kutmayapman, aksincha. Ular uchun Ramos o‘ynashi juda muhim. U ajoyib markaziy himoyachi, maydondagi xarizmatik. Uning mavjudligi ko‘p narsaga ta’sir qiladi.

Klasiko – har doim o‘ziga xos bo‘lgan. Biz o‘z uyimizda g‘alaba qozonmoqchimiz. Shu orqali o‘zimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlab, to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni ko‘rsatamiz
\", – dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 24 oktabr kuni (Toshkent vaqti bilan 19:00da) o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.