Habib Nurmagomedov raqibini «uxlatib» qo‘ydi va ringda yig‘ladi (video)

Habib Nurmagomedov raqibini «uxlatib» qo‘ydi va ringda yig‘ladi (video)
Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da UFC 254 musobaqasining asosiy jangi Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechdi.

Birinchi raund zarbalar almashinuvida kechgan bo‘lsa, ikkinchi raundda rossiyalik jangchi o‘zining asosiy qurolini ishga soldi va amerikalik raqibini oyoqlari bilan bo‘g‘ish uslubida ushlab, uni «uxlatib» qo‘ydi. Shu tarzda jang muddatidan oldin yakunlandi.

G‘alabasidan so‘ng Habib ringda o‘zini ko‘z yoshlardan tiya olmadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.