“Jenao” o‘z maydonida chempionat peshqadami “Milan” bilan durang o‘ynadi (video)

“Jenao” o‘z maydonida chempionat peshqadami “Milan” bilan durang o‘ynadi (video)
Italiya A Seriyasining 12-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Jenao” o‘z maydonida chempionat peshqadami hisoblangan “Milan”ni qabul qildi.

Genuyadagi o‘yin shiddatli va gollarga boy kechdi va 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. “Jenao”ning har ikkala gollarini ham Mattia Destro (47\', 60\') kiritdi. “Milan” safida Davide Kalabriya (52\') va Per Kalulu (83\') gol urdi.

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov ushbu bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 85 daqiqa harakat qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.