Rossiya ikki yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi

Rossiya ikki yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi
Sport arbitraj sudi (CAS) Xalqaro antidoping agentligi (WADA)ning Moskva antidoping laboratoriyasining ma’lumotlar bazasidagi o‘zgarishlar uchun Rossiyani ikki yilga sport musobaqalaridan chetlatish qarorini qo‘llab-quvvatladi.

WADA Rossiyani 4 yilga musobaqalardan chetlatgan, ammo Sport arbitraj sudi jazoni ikki yilga qisqartirdi (2022 yil 16dekabrgacha qadar). Jazo darhol kuchga kiradi.

Keyingi ikki yil ichida Rossiya sportchilari yirik musobaqalarda (Jahon chempionatlari va Olimpiada) faqat neytral bayroq ostida qatnashadilar.

Taqiq faqat Jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlariga tegishli. Rossiya Yevro-2020 (2021 yilga qoldirilgan) va Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida qatnashishi mumkin bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.