Shomurodovning agenti: "Bizda Bundesliga, Premer-liga va La Liga klublaridan taklif bo‘lgandi"

Shomurodovning agenti: "Bizda Bundesliga, Premer-liga va La Liga klublaridan taklif bo‘lgandi"
\"Jenoa\" forvardi Eldor Shomurodovning agenti German Tkachenko o‘yinchining A Seriyadagi debyutidan yarim yil o‘tib ko‘tarilishga erishishga tayyorligi, shuningdek \"Yuventus\" tomonidan qiziqish bo‘lgani haqida gapirdi.

\"Bizda Bundesliga, Premer-liga va La Liga klublaridan taklif bo‘lgandi. Ammo \"Jenoa\" varianti juda jozibali edi va Eldor A Seriyaning eng tarixiy klublaridan birini tanladi.

Eldor \"Jenoa\"ning kelajakda o‘sish uchun yoqimli boshlanish nuqtasi ekanini biladi. U o‘tish davriga kirdi, ammo karerasining ushbu bosqichidan zavqlanmoqda.

\"Yuventus\"ning qiziqishi haqida o‘qish yoqimli, ammo aloqalar bo‘lmadi. Menimcha klublar vakillari o‘zaro muloqot qilishgan
\", - deydi Tkachenko.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.