Bugun Shomurodovning jamoasi A Seriyada asosiy raqobatchilaridan biriga qarshi bahs olib boradi

Bugun Shomurodovning jamoasi A Seriyada asosiy raqobatchilaridan biriga qarshi bahs olib boradi
Bugun Italiya A Seriyasida 27-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Jenoa” o‘z maydonida “Udineze”ni qabul qiladi.

“Jenoa” – “Udineze” jamoalari bahsi Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi. Ushbu o‘yinni Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, “Jenoa” hozircha 27 ochko jamg‘argan holda A Seriya musobaqa jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. Genuyaliklarning bugungi raqibi “Udineze” esa 11-o‘rinni egallab turibdi va ular hisobida 31 ochko mavjud. Shundan ko‘rinib turibdiki, agar “Jenoa” ushbu bellashuvda g‘alaba qozonsa, “Udineze” bilan farqni 1 ochkoga yetkazadi va turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilish uchun yanada yaxshi imkoniyat hosil qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.