"Bunyodkor" 10 kishi bo‘lib "Andijon"ni taslim qildi (video)

"Bunyodkor" 10 kishi bo‘lib "Andijon"ni taslim qildi (video)
Bugun Superligada 3-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Jumladan, “Bunyodkor” o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi.

Poytaxtdagi bellashuv gollarga boy kechdi va unda 3:1 hisobida “Bunyodkor”ning qo‘li baland keldi. Mezbonlar safida gollarni Shaxboz Erkinov (13\'), Xurshid G‘iyosov (63\') va Mirjahon Mirahmadov (86\') kiritgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona javob goliga Usmonali Ismonaliyev (76\') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.