Ro‘ziqul Berdiyev: "Abduvohid Ne’matov o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganiga sabab bor"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Abduvohid Ne’matov o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganiga sabab bor"
Coca Cola Superliganing 5-turidan o‘rin olgan \"Qizilqum\" - \"Nasaf\" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Bugun kuchli raqib maydonida 3 ochkoga ega bo‘ldik. Bundan judayam xursandmiz. Bizda yo‘qotilgan ochkolarni to‘ldirish vazifasi bor. Albatta, biz bugun \"Qizilqum\" jamoasini hujumkor o‘yin ko‘rsatishini bilardik. Birinchi bo‘limda 3 markaziy himoyachi bilan harakatlandik. Ikkinchi taym oxirlariga kelib 4-4-3 sxemasiga o‘tdik. Shu sxema orqali raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdik. Umuman aytganda, bugungi o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Omad ham biz tomonda bo‘ldi.

- Abduvohid Ne’matovning o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganligiga sabab nima?
- Abduvohid Ne’matov asosiy darvozabon deb ta’kidlashingizga sabab nima? Bizda 3 nafar darvozabon bor. Ularning barchasiga imkon beramiz. Ne’matov o‘tgan mavsumda o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Shu sababdan u terma jamoa safiga ham jalb etildi. Bugungi o‘yinga uni jalb etmaganimizni sababi jarohat emasku, lekin sabab bor. Tayyor emasligi uchun Navoiyga uni olib kelmadik. O‘ylaymanki, keyingi o‘yingacha u tiklanadi. Navbatdagi o‘yinlarda unga ham imkoniyat beramiz.

- Oybek Bozorov qachon safga qaytadi?
- Oybek Bozorovning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Bir hafta muddat atrofida safga qaytadi deb o‘ylayman. Balki keyingi o‘yingacha qaytar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.