Serbiyalik hujumchi Luka Yovichning sevgilisi uning sirini ochib qo‘ydi

Serbiyalik hujumchi Luka Yovichning sevgilisi uning sirini ochib qo‘ydi
“Real”da o‘zini ko‘rsata olmagan serbiyalik hujumchi Luka Yovich ayni paytda ijara asosida avvalgi klubi “Ayntraxt” sharafini himoya qilmoqda.

Yovich Bundesligada 13 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘rt marta aniq nishonga oldi.

Ishlari yaxshi ketayotganiga qaramay, Yovich Germaniyani tark etishni rejalashtirmoqda. Uning bu qarorini sevgilisi Sofiya Miloshevich oshkor qilib qo‘ydi. Qizning aytishicha, Luka ikki oydan keyin Madridga qaytib ketishni mo‘ljallamoqda ekan.

Zinedin Zidan kelasi mavsumda ham Yovichga ishonch bildirmasligi haqiqatga yaqinroq. Shu bois, serb futbolchisi boshqa jamoaga sotib yuboriladi. Unga Italiya klublaridan, xususan, “Milan”dan jiddiy taklif bo‘lmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.